Rayan Gravenberx APLning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2025 00:24
  • 123
  • 30

"Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx APL 2024/25 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, davogarlar orasida Liam Delap ("Ipsvich"), Entoni Elanga ("Nottingem"), Din Xeyzen ("Bornmut"), Koul Palmer ("Chelsi"), Joao Pedro ("Brayton"), Morgan Rojers ("Aston Villa") va Vilyam Saliba ("Arsenal") ham bor edi.

23 yoshli tayanch yarim himoyachisi Gravenberx 2024/25 yilgi mavsumda "Liverpul" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Liverpul" bu mavsumda muddatidan avval APL chempionligini qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар