CAFA U-17 Championship 2025. O'zbekistonning Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin uchun tarkibi malum

  • Mr.NoBoDy 24.05.2025 19:56
  • 87
  • 30

Birozdan so'ng CAFA U-17 Championship 2025 doirasidagi Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston o'yini boshlanadi.

Bugun O'rta Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi CAFA U17 musobaqasi start oladi. Musobaqada Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etmoqda. Kuni kecha qura tashlash marosimi o'tkazildi va ishtirokchilar uch nafardan ikki guruhga bo'linishdi. O'smirlarimiz "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi va eronlik tengqurlari bilan pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.


Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30da "Do'stlik" stadionida start oladi.


O'zbekiston: 1.Olim Shomurotov, 3.Abubakir Rahimov, 5.Muhammadaziz Ro'ziboev, 6.Islom Ravshanov, 7.Farrux Hayitmurodov, 9.Laziz Abduraimov, 11.Suhrob Sadirjanov, 13.Mirjamol Anvarov (s), 15.Jahongirmirzo O'ktamov, 17.Mirkomil Murodov, 19.Ahrorbek Ravshanbekov

Zaxira: Dolskiy, O'ktamov, Jumaboev, Berdiyorov, Magrupov, Sindarov, Atabekov, Orifxonov, Aliev


Ўхшаш янгиликлар