OPL. "Sabah" o'z uyida g'alabaga erishdi, Rahmonaliev zaxiradan o'yinga qo'shildi

  • Mr.NoBoDy 24.05.2025 22:32
  • 81
  • 30

Ozarbayjon Premer-ligasi 36-tur doirasidagi "Sabah" - "Neftchi" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin taqdirini 64-daqiqada mezbonlar o'yinchisi Jesse Sekidika tomonidan kiritilgan to'p hal qildi. Qayd etish kerakki, har ikkala jamoa o'yinni o'n kishi bo'lib yakunladi, aniqrog'i "Sabah"dan Sofyan Chakla (50) va "Neftchi"dan Edvin Kuch (76) maydondan chetlatildi.

Mezbonlar safida yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар