“Neftchi” — “Sho'rtan" 2:0 LIVE
24.05.2025, 19:00
Bosh hakam: Xushnud Suyunboev
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR hakami: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: Boyan Ciger (Abror Ismoilov) 45+2, 1:0, Jamshid Iskanderov 65, 2:0
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 21. Muxsin Ubaydullaev (34. Farruh Sayfiev,46), 20. Anvar G'ofurov, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abror Ismoilov, 11. Quvondiq Ro'ziev (77. Bilolxon Toshmirzaev, 60), 5. Ikrom Aliboev, 14. Jamshid Boltaboev, 10. Jamshid Iskanderov, 22. Toma Tabatadze (32. Zoran Marushich, 46)
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 28. Nodir Karimov, 66. Doniyor Valiev, 9. Shoxruh Gadoev, 17. Muhammadali G'iyosov,
"Sho'rtan": 1. Shoxruh Eshbo'taev (35. Sherzodbek Abduraimov, 46), 3. Shoxjahon Sultonmurodov, 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 8. Shaxboz Nuriddinov, 10. Temur Mamasidiqov, 15. Jo'rabek Mannonov, 24. Doniyorjon Narzullaev, 33. Bekjon Rahmatov, 45. G'anisher Qodirov (14. Abrorbek Toshqo'ziev,19), 55. Azizbek Pirmuhammadov.
Zaxira: 5. Mirkomil Abdurazzoqov, 7. Bekzod Suvonov, 11. Daler Sharipov, 19. Nuriddin Hasanov, 27. Choriyor Tursunqulov, 77. Asadbek Saitxonov, 99. Kamron Saidazimov.
Chetlatish: Jo'rabek Mannonov ("Sho'rtan") 4
YANGILASH
65. GOL. Jamshid Iskanderov jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvoza to'riga tushirib qo'ydi. Bu haqiqiy individual mahorat samarasidir.
63. UX. Bir kishi kam "Sho'rtan" qarshi hujumda "Neftchi"ni jazolashi mumkin edi. Birinchi zarbani Ergashev qaytardi, keyingi zarba noaniq ketdi.
60. O'ZGARISH. "Neftchi", Quvondiq Ro'ziev o'rniga Bilolxon Toshmirzaev tushdi.
59. "Neftchi"dan navbatdagi hujum. Zoran Marushich qulay poziciyada darvozani emas darvozabonni mo'ljalga oldi.
57. ZARBA. Endi esa Ibrohimhalil Yo'ldoshev omadini sinab ko'rdi. Darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni darvozaga yo'llashda sust harakat qilishdi.
52. ZARBA. Jamshid Boltaboev raqibi darvozasini kuchli zarba bilan nishonga olib ko'rdi. Yakun samarasiz.
48. ZARBA. "Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning zarbasi xavfli chiqdi, to'p esa darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
46. O'ZGARISH. "Neftchi", Muxsin Ubaydullaev o'rniga Farruh Sayfiev, Toma Tabatadze o'rniga Zoran Marushich tushdi.
46. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Shoxruh Eshbo'taev o'rniga Sherzodbek Abduraimov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+5. Gol inobatga olindi.
45+2. GOL. Mezbonlar nihoyat hujumlarini gol bilan yakunladi. Abror Ismoilovning "Sho'rtan" jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Boyan Ciger darvozaga yo'lladi. Hakamlar VARni eshitmoqda
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
32. "Sho'rtan" ham oldinga o'tdi, burchak to'plari samarasiz yakunlandi.
30. ZARBA. Muxsin Ubaydullaev burchak to'pidan so'ng boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p darvozaning yomon tomonidan kirdi.
29. Abror Ismoilovning uzatmasi darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Darvozabon to'pni qaytardi.
28. ZARBA. Jamshid Iskanderovning zarbasini darvozabon qaytardi.
19. O'ZGARISH. "Sho'rtan", G'anisher Qodirov o'rniga Abror Toshqo'ziev tushdi.
18. Ustunlik "Neftchi" tomonida. "Sho'rtan" esa yaxshi himoyalana olyapti.
14. ZARBA. Quvondiq Ro'ziev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
4. CHETLATISH. Xushnud Suyunboev VARda vaziyatni o'zi ko'rgach qarorini o'zgartirdi. Jo'rabek Mannonovga qizil kartochka ko'rsatildi.
4. Bosh hakam VAR monitori oldiga ketdi.
3. OGOHLANTIRISH. Uchrashuvning ilk daqiqalaridan "Sho'rtan" futbolchisi Jo'rabek Mannonov ogohlantirildi. U "Neftchi" futbolchisi Yo'ldoshevga qarshi qo'pol chiqib keldi.
- O'yinga start berildi.
- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda.