RPL. Fayzullaev zaxiradan tushib assist qayd etgan o'yinda CSKA g'alabaga erishdi, Ashurmatov "Rubin" g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shildi, "Akron" esa...

  • Mr.NoBoDy 24.05.2025 20:40
  • 72
  • 30

RPL 30-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

CSKA o'z uyida "Nijniy Novgorod"ni ishonchli hisobda taslim etdi. Qayd etish kerakki, 76-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Abbos Fayzullaev jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.


Match-senterda ochish




"Akron" esa o'z maydonida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, mezbonlar safida xavbek Sherzod Esanov zaxirada qoldirildi.


Match-senterda ochish




Qozonliklar gollarga boy o'yinda "Orenburg"ni 4:2 hisobida mag'lub etishdi, mezbonlar tarkibida hamyurtimiz Rustam Ashurmatov 72-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.


Match-senterda ochish



Ўхшаш янгиликлар