Bu haqida Fabricio Romano malum qildi. Kelishuv 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, belgiyalik futbolchi dastlabki ikki mavsumida yiliga 6 million evro ishlab oladi. Uchinchi yil esa uning yillik daromadi 5 million evroga tushadi.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik yarim himoyachining “Man Siti“ bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi va u Italiyaga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.