BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" o'z uyida "Al Vahda"ga mag'lub bo'ldi, G'anievdan assist, Erkinov esa zaxiradan o'yinga qo'shildi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2025 21:24
  • 54
  • 30

BAA Pro ligasi 26-tur doirasidagi "Al Bataeh" - "Al Vahda" o'yini bo'lib o'tdi.

11-daqiqada Ahmad Nurullohi hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tib Omar Hrbin penaltidan to'p kiritdi. Ammo, ikki daqiqadan so'ng Alvaro De Oliveyra Aziz G'anievning uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ahmad Nurullohi 43-daqiqada yana bir to'p kiritib, dubl qayd etdi va o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Mezbonlar safida yagona golga assistenlik qilgan Aziz G'aniev asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. Hayumrtimiz 56-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Mehmonlar safida Hojimat Erkinov 70-daqiqada o'yinga qo'shildi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар