Braziliyalik futbolchi "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kiradi. Manbaga ko'ra, futbolchiga "Nyukasl" ham davogarlik qilmoqda.
Hujumchining transferi 50 mln evro atrofida bo'lishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Pedro joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
"Liverpul" joriy mavsumda APL chempioniga aylandi.