Turkiya Superligasi. "Rizespor" mehmonda sensacion tarzda "Beshiktosh"ni taslim etdi, Aliqulov so'nggi daqiqalarda maydonga tushirildi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2025 23:16
  • 75
  • 30

Turkiya Superligasi 37-tur doirasidagi "Beshiktosh" - "Rizespor" o'yini bo'lib o'tdi.

Ole Gunnar Sulsher jamoasi kutilmaganda Istanbulda "Rizespor"ga mag'lub bo'ldi. Samet Akaydin 61-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi, Joau Mario esa uch daqiqada o'tib hisobni tenglashtirdi. Ali Sou 90+1 daqiqada gol urib, mehmonlarning g'alabasini taminladi.

"Rizespor" safida himoyachi Husniddin Aliqulov 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар