Superliga, 11-tur. 25.05.2025.
“Dinamo” – “Qizilqum” 0:1 LIVE
Samarqand. “Dinamo” stadioni.
Hakamlar: Naim Qosimov, Artem Kalinin, Farhod Usmonov, Dilshod Ahmedov.
VAR hakami: Ilgiz Tantashev.
AVAR hakami: Avazbek Abdullaev
Nazoratchi: Vladislav Seytlin.
O'zPFL komissari: Sherzod Rajabov.
Gol: Roman Papariga (22).
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon, 6. Jahongir O'rozov, 7.Fransisko Jurani, 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey, 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 88.Marko Stanoevich
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 8.Sanjar Qodirqulov, 11.Hislat Halilov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23.Behruzbek Oblaqulov, 24.Muxsin Bozorov, 25.Oybek O'rmonjonov, 37.Firdavs Abdurahmonov
"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov - 23. Samandar Shukurullaev, 88. Dushan Miyich, 5. Dilshodjon Komilov, 15. Nikola Kumburovich - 8. Shahzod Rahmatullaev, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 22. Shahzod Turopov, 11. Jambuli Jigauri, 70. Alen Mashovich - 10. Roman Papariga.
Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 6. Murodali Usmonov, 7. Davron Anvarov, 17. Akmaljon Muzaffarov, 18. Farhod Bekmurodov, 19. Ilhomjon Kenjaev, 32. Mustaqim Boboqulov, 33. Sulton Rahmatov.
YANGILASH
30. "Dinamo" hujumga o'tayotgandi. Markazda "Qizilqum" futbolchisi to'pni osonlik bilan raqibidan olib qo'ydi. Shu vaziyat hujum bilan yakunlandi. Papariga chap qanotdan to'pni darvoza yoniga oshirdi. Uzatma noaniq, uning jamoadoshlaridan hech kim yo'q edi.
27. Maykonning 20-22 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.
24. "Dinamo" kombinacion hujum uyushtirdi. Stanoevich Ratinodan to'pni qabul qilib olib, darvozabonning ustidan to'pni tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Zarba noaniq bo'ldi.
22. GOL! "Qizilqum" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Roman Papariga hisobni ochdi!
21. ZARBAAAAAAAAA!!!! Hojimirzaevning ayyorona zarbasini darvozabon qaytardi!
20. Shahzod Turopov uzoq masofadan zarba berib, o'yindan uzilib qolgan Yagudinni uyg'otib yubordi. Ravshan o'z o'rnida.
16. "Dinamo" hujumda edi. Avvaliga Abdullaevning uzatmasidan keyin to'p mehmon himoyachisining qo'liga tekkandek ko'rindi. Ulug'bek Abdullaev qo'lini ko'tarib, penaltiga ishora qildi. Hujum davomida to'p Anvar Hojimirzaevga tushdi. Uning zarbasi anchagina noaniq ketdi. Bosh hakam to'p darvoza yonidan o'yinga kiritilishini malum qildi.
14. "Qizilqum" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatilgan to'p anchagina noaniq ketdi.
12. "Qizilqum" tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi. So'nggi pas Paparigaga mo'ljallangandi. Biroq pas kuchliroq berildi va to'p Yagudinga bordi.
10. ZARBAAAAAAAAA!!! Stanoevich 25 metrlardan chap oyog'ida Quvvatov darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Sanjardan superseyv ko'rdik!
6. "Dinamo" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan samarqandliklar ayyorona pas orqali foydalanishmoqchi edi. Himoyachilar vaziyatni "o'qishdi" va tezda vaziyat bartaraf qilindi.
4. Sokin boshlangan o'yinning 4 daqiqasi sokin o'tdi. Shu daqiqaga kelib Mashovichning zarbasi noaniq ketdi. Juda qulay nuqtadan legioner futbolchi adashdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.