"Liverpul" APLning 38-turida "Kristal Pelas" (1:1) bilan durang o'ynadi.
Arne Slot murabbiyligidagi jamoa esa aprel oyidayoq 34-turda muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgandi.
Bugun "Enfild"da "qizillar"ga sovrin topshirildi. Sardor Virjil Van Deyk kubokni boshi uzra ko'tardi, shundan so'ng jamoa muxlislar bilan chempionlikni nishonlay boshladi.