"Bu men uchun alohida ahamiyatga ega kun. Men bu erda, o'zimni uyim deb bilgan joyda ekanligimdan juda xursandman. Madridistlar bilan aloqa har doim men bilan. Prezident Florentino aytganidek, bu yangi bosqichning boshlanishi ekanligini his qilyapman.
Ushbu yangi bosqich kuch, ishtiyoq va ilhom talab qiladi. "Real" muxlislari yangidan boshlash va klubni yanada buyuk qilish umidiga to'la. Ishonchingiz uchun rahmat, Florentino. Oilamga rahmat! Ota-onam, farzandlarim, aka-uka va opa-singillarimga! Men sizlardan qarzdorman", – dedi Alonso.