Lautaro Martines "Barselona"ga jarohat bilan o'ynaganini aytib berdi

  • Mr.NoBoDy 28.05.2025 21:32
  • 150
  • 30

Italiyaning "Inter" hujumchisi Lautaro Martines Chempionlar ligasi 1/2 finalida Ispaniyaning "Barselona" jamoasiga qarshi javob o'yinida jarohat bilan o'ynagani haqida gapirdi.

"Ikki kunni uyda ko'z yoshlarimni to'xtata olmay o'tkazdim, juda qiyin bo'ldi. Oyog'im shunchalik qattiq og'rirdiki, uni ko'tara olmasdim. Shifokorlar va fizioterapevtlarning ulkan mehnati va qo'shimcha ishlashi tufayli, holatdan kelib chiqib, 100 foiz bo'lmasa-da, imkon qadar yaxshi holatda maydonga chiqishga muvaffaq bo'ldim.


87-daqiqada "Barselona" hisobda oldinga o'tib olganida, bunga ishonishim qiyin edi. Axir hamma narsa bizning foyda uchun ketayotgandek edi, ikkala o'yinda ham ikki gollik ustunlik bilan etakchi edik. Ammo jamoamiz yana bir bor kuch va qatiyatini namoyon etdi. Ular hisobni tenglashtirdilar va o'yinni qo'shimcha vaqtga olib o'tdilar. Fidokorlik va jamoaviy say-harakatlarimiz tufayli finalga chiqishga erishdik. Men bu jamoa va klub bilan juda faxrlanaman. Umid qilamanki, yakunda tortni ustini meva bilan bezay  olamiz," – deya Martinesning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar