"Lautaroni "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblayman - o'tgan yillar davomida u bu uchun barcha ishlarni qildi. Shanba kuni "Inter" qanday natija qayd etishidan qatiy nazar, aqlbovar qilmas futbolchi va inson bo'lib qoladi", - dedi Inzagi.
Shanba kuni "Inter" ECHL finalida PSJga qarshi o'ynaydi.
Lautaro 2018 yildan buyon "Inter" tarkibida o'ynab kelmoqda. Shu davr mobaynida u "Inter" uchun 150ta gol urdi.