O'zbekiston Superkubogi-2025
"Nasaf" – "Andijon" 1:0
27 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:30
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Abdurashid Xudayberganov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Komissar: Mamur Sultonov
Gol: 1:0 – 72, Husayn Norchaev (penalti)
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Dragan Cheran (22.Igor Golban, 90+2), 14.Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullaev, 65), 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich (99.Rubin Xebay, 65), 28.Shuhrat Muhammadiev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 90+2), 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 6.Murodbek Rahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 24.Sardorbek Bahromov
"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6.Altin Kreziu (18.Damir Temirov, 75), 10.Ilhomjon Abdug'aniev (9.Mirzad Mexanovich, 75), 11.Islam Mashukov (7.Rustam Turdimurodov, 73), 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Doniyor Abdumannopov, 26.Muhammadkarim Toirov, 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Abubakir Ashurov, 8.Iskandar Shayqulov, 13.Sardor Azimov, 14.Abdurahmon Komilov, 21.Asadbek Xabibullaev.
Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (24), Usmonali Ismonaliev (71), Abdulvohid G'ulomov (80), Dragan Cheran (90)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi. "Nasaf" 2025 yilgi O'zbekiston Superkubogi sohibi!
90+5. "Andijon" darvoazboni to'pni o'yinga kiritish chog'ida Makronga uning rafiqasi tomonidan amalga oshirilgan harkatni takrorladi. Hakam VAR monitori orqali holatni ko'rib chiqib, o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
90+2. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
90+1. Abdumannonov tomonidan yo'llangan zarba "Suyunchi" filmidagi epizodlardan birini eslatib yubordi.
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
90. Cheran bu yilgi Superkubokda o'z hisobiga gol emas, sariq kartochka yozdirib qo'yishni uddaladi.
86. "Andijon"ning burchak uzatmasini Nematov qiyinchilik bilan urib yubordi.
82. Xavfli vaziyat! G'ulomovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etiishmadi.
80. G'ulomov hakam tomonidan ogohlantirildi.
79. Xabaringiz bo'lsa kerak, NASA yaqin yillarda Marsga o'z raketalarini yuborishni rejalashtirmoqda. Insoniyat marsga qachon qadam qo'yishini bilmadim-u, lekin "Andijon" futbolchisi tepgan to'p undan avvalroq etib borsa kerak.
Bugungi uchrashuvni "Bunyodkor" stadionidan 13205 nafar tomoshabin kuzatyapti ekan.
75. "Andijon" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.
73. "Andijon"da o'zgarish bo'ldi.
72. GOL! Norchaev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi! "Nasaf" hujumchisi markazni nishonga oldi, "Andijon" darvozaboni esa yon tomonga tashlandi.
65-daqiqa: Nasrullaev zaxiradan maydonga tushdi. 66-daqiqa: Nasrullaev penalti ishladi.
66. Nasrullaev "Andijon" jarima maydonida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Hakam VAR bilan ehtimoliy penaltini muhokama qilmoqda.
65. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
62. O'qing, faqat kulmang. "Andijon"ning ikki futbolchisi raqib jarima maydoni yaqinida zarba berishga qulay vaziyatda bir-biriga xalaqit berib qoldi.
60. Zarba! Cholovich yaqin masofadan raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi. Bugun futbolchilar to'pni balandlikka tepish bo'yicha kimo'zarga bahs boylashgan, shekilli.
58. Yana bir zarba! Bu safar Norchaev aylanma zarba orqali o'z omadini sinab ko'rdi, ammo u geometriya va fizika darslarini yaxshi o'zlashtirmaganligi sezilib qoldi.
57. Zarba! Raqib jarima maydonida Bozorov tomonidan yo'llangan zarba kuchsiz chiqqani bois "Andijon" darvozabonining to'pni egallab olishiga qiyinchilik tug'dirmadi.
53. Cheranning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng "Bunyodkor" stadioni qarshisida joylashgan istirohat bog'idagi attrakcionlar soni yana bittaga ko'paydi.
50. Futbolda darvozabonlar maydondagilardan boshqa rangdagi libosda ekanligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaziyatda "Andijon" futbolchisi shu jihatni etiborga olib, futbolchilardan libosining rangi bilan ajralib turgan yon hakam turgan nuqtaga zarba yo'lladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
40. Zarba! Bozorovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. "Andijon" darvozaboni so'nggi daqiqalarda bir necha bor suzuvchilarning start jarayonidagi holatiga o'xshash harakat amalga oshirdi.
39. Zarba! Cheran ilk marta o'z omadini sinab ko'rdi, uning zarbasidan so'ng "Andijon" darvozasi emas, uning ortidagi reklama banneri zarar edi.
36. Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchilarining raqib jarima maydoniga uzatmasidan so'ng deyarli 2-3 metr masofadan to'pga tashlangan G'aybullaev himoyachilarga xos harakat qilib, darvozani ishg'ol qila olmadi.
36. Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Nasaf" standart vaziyatga ega bo'ldi. Ammo uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi.
33. Xavfli vaziyat! Mozgovoyning dastlabki zarbasini raqib futbolchilari, ikkinchisini esa darvoza ortida turgan xavfsizlik xodimi qaytardi.
26. Bozorov to'p uchun kurashda raqibining yuziga zarba berib yubordi. U Franciya prezidentining samolyotdan tushish arafasidagi lavhalarini haddan ortiq tomosha qilgan ko'rinadi.
24. Mozgovoy o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Uchrashuvdagi birinchi ogohlantiirish.
23. Cholovichning qanotga pasidan so'ng to'p va Muhammadiev tezlikda sinashib ko'rdi. Yakunda to'p bayroq yonidagi chiziqni birinchi bo'lib kesib o'tdi.
20. Toirov maydon bo'ylab qoyilmaqom sirpanayotgan pallada yo'lidan "Nasaf" futbolchisi chiqib qoldi. Jarima zarbasi belgilandi.
17. Zarba! "Nasaf" qulay imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Bozorov tomonidan yaqin masofadan yo'llangan zarba balandlik sakrash bo'yicha jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
13. Turdimurodov to'p uchun kurashda Nematov bilan to'qnashib ketdi. Hakam unga mashhur "don-don ziki" o'yinidagi qog'oz ishorasini ko'rsatib, bosiqlikka chaqirdi.
11. Cheran maydon markaziga yaqin nuqtadan o'yin qoidasini buzdi.
8. Zarba! Abdumannopov yana chap qangondan oldinga borib, zarba yo'lladi, Nematov to'pni qaytardi, ikkinchi urinishda esa to'pni egallab oldi.
6. "Andijon" ketma-ket ikki burchak uzatmasi amalga oshirdi, ammo bundan naf chiqmadi.
5. "Nasaf" himoyachisi qarama-qarshi tarafda maydon chetida turgan Maksim Shackix tomon aniq uzatma amalga oshirdi.
2. Zarba! Abdumannopov chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, to'p "Nasaf" himoyachisidan nariga o'tmadi. Uchrashuvdagi dastlabki hujum samarasiz yakunlandi. Bu degani bunday vaziyatlar tayyor turing degani.
1. O'yin boshlandi. Uchrashuvni bevosita stadiondan kuzayotgan muxlislar 90 daqiqa davomida juda ko'p voqealarga guvoh bo'lishadi: drama, komediya, hayajon, ko'zyoshlar, xursandchilik, hakamlarga bag'ishlangan kuy-qo'shiqlar va hokazo... Ushbu vaqt davomida barchasiga ulgurolmasangiz, yana qo'shimcha vaqt taqdim etilishi mumkin.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Nasaf" qizil, "Andijon" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun O'zbekiston Superkubogi doirasida amaldagi O'zbekiston Superligasi g'olibi "Nasaf" va O'zbekiston kubogi sohibi "Andijon" o'zaro bellashadi. Uchrashuv qiymati, shiddati hamda muxlislar hosil qilgan atmosfera shu qadar yuqoriki, uning oldida har oy oshib borayotgan kommunal to'lovlari ham ip esholmaydi.