Luis Kachorrining dubli Bunyodkorga g'alaba taqdim etdi

  • Mr.NoBoDy 15.03.2025 19:56
  • 39
  • 30

"Sho'rtan" hamda "Bunyodkor" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 2-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Sho'rtan" — "Bunyodkor" 0:2

Gol: 23 - Luis Kachorri (Itsuki Urata), 59 - Luis Kachorri

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Sardor Hakimov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Temur Abdullaev

VAR: Edita Mirobidova

AVAR: Xusan Xudoyberdiev

Komissar: Oybek Davletmurodov

"Sho'rtan": 1.Shohruh Eshbo'taev, 3.Shohjahon Sultonmurodov (47.Asilbek Anvarov,90), 6.Sirojiddin Qo'ziev, 10.Temur Mamasidiqov (5.Mirkomil Abdurazoqov,90), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Jo'rabek Mannonov, 17.Javohir Hasanov (11.Daler Sharipov, 70), 21.Murodxo'ja Jabborov (88.Abbos Ergashboev.70), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov, 99.Komron Saydazimov ( 8.Shahboz Nuriddinov, 62).

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 19.Nuriddin Hasanov, 22.Sardor Sadullaev,  70.Mirjalol Jumaev, 

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Nikoloz Mali (6.Boburbek Yuldashov,77), 4.Najmiddin Normurodov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Martin Sroler (30.Sardor Abdunabiev,65), 9.Imeda Ashortia (22.Azizbek Amonov,65), 11.Temurxo'ja Abduholiqov (57.Amir To'raqulov, 65), 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (10.Rasul Yuldoshov,77), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Aleksandr Zevadinov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 77.Muzaffar Olimjonov.

Ogohlantirish: 32 - Odiljon Hamrobekov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+2. Abdurazzoqov va Anvarov maydonga tushdi. Mamasidiqov va Sultonmurodov maydoni tark etdi

90+1. Luisning zarbasini darvozabon qaytardi

90. Ismoilov o'zi manitor tomonga bordi va penalti belgiladi. Abdunabievga berilgan sariq bekor bo'ldi

87. Hakam VAR bilan gaplashmoqda. Abdunabievning sariq kartochkasi bekor bo'lib, raqib darvozasiga penalti belgilanishi mumkin

86. Ogohlantirish. Abdunabiev ogohlantirildi

85. O'zgarish: Abdunabiev Martin Srolerni alishtirdi

77. O'zgarish: Ikkita Yo'ldoshev maydonga tushdi, ular Mali va Rahimjonovni alishtirishdi

74. Ergashboev hisobni qisqartirgandi, biroq hujumchi ofsaydda qolib ketgani sababli gol bekor qilindi

70. Ergashboev va Sharipov maydonga tushdi. Ular Hasanov va Jabborov maydonni tark etdi

65. O'zgarish. To'raqulov va Amonov maydonga tushdi, ular Abduxoliqov va Ashortiani alishtirishdi

62. O'zgarish: Komron Saydazimovning o'rniga Nuriddinov maydonga tushdi

60. Timur Mamasidiqovning zarbasi noaniq ketdi

59. GOOOL. Luis Kachorri nihoyat o'z maqsadiga etdi. Hujumchi uchrashuvdagi ikkinchi golini urmoqda

56. Luis Kachorri yana bir imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi

53. Luis Kachorrining boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

41. Martin Srolerning jarimadan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon o'z o'rnida

37. Murodxo'ja Jabborov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Hujumchining zarbasi juda noaniq ketdi

32. Ogohlantirish: Odiljon Hamrobekov hakam tomonidan ogohlantirildi

32. Mehmonlar juda xavfli hujum tashkil qilishdi. Urartaning uzatmasidan so'ng Luis boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabondan seyv

26. Sirojiddin Qo'ziev uzoqdan kuchli zarba yo'llab ko'rdi, biroq zarba juda noaniq ketdi

23. GOOOL. Luis Kachorri hisobni ochdi. Mehmonlar ajoyib hujum tashkil qilishdi. Itsuki Uratadan assist

22. Javohir Hasanovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Abdunabiev qiyinchiliksiz ushlab oldi

14. Imeda Ashortianing uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

13. Murodxo'ja Jabborov hisobni ochishi mumkin edi, Abdunabiev o'z o'rnida

8. Mannonovning qanotdan uzatgan to'piga Murodxo'ja Jabborov boshi bilan zarba yo'lladi. Biroq zarba ancha noaniq ketdi. Dastlabki daqiqalarda Mannonovning qanoti yaxshi harakat qilmoqda

7. Luis Kachorrining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi. Hozircha ustunlik biroz mehmonlar tomonda

UCHRASHUV BOSHLANDI!


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar