"Hammasi tushunarliki, BAA – kuchli terma jamoa. BAA va Qatar murabbiylarini o'zgartirdi. Ular jadvalda u qadar yaxshi holatda emas, shuning uchun ham 3 ochko uchun bor kuchini beradi.
Ularni yaxshi yoki yomon deb baholab bo'lmaydi. Bu JCH yo'llanmasi uchun rasmiy o'yinlardir. Shu bois reyting o'rni havas qilarli bo'lmagan terma ham maydonda bor kuchini ishga soladi.
Astoydlik tayyorlanamiz va shunga monand jang qilamiz", – dedi 32 yoshli forvard.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonni oldinda ikkita o'yin kutib turibdi. JCH saralash bosqichi 9-turi doirasidagi BAA bilan o'yin 5 iyun kuni 21:00 ga belgilangan bo'lsa, Qatar bilan 10-turdan o'rin olgan Toshkentdagi bahs 10 iyun kuni 18:45 da boshlanadi.