"Al Hilol" Brunu Fernandeshni KCHJgacha o'z safiga qo'shib olmoqchi. Saudiyaliklar MYU katta taklifni qabul qilishi mumkin deb hisoblaydi (ESPN)

  • Mr.NoBoDy 30.05.2025 19:40
  • 114
  • 30

"Al Hilol" Brunu Fernandeshni klublar jahon o'rtasidagi chempionatigacha sotib olishga umid qilmoqda.

Oldinroq, Saudiya Arabistoni klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisiga yakuniy taklif yuborgan va u payshanba kunigacha javob berishi kerak edi. Futbolchiga haftasiga 700 000 funt miqdorida ish haqi taklif qilingan.

Shu haftada MYU yarim himoyachisining vakili Migel Pino Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi va u erda "Al Hilol" vakillari, shuningdek, klub prezidenti Fahad bin Nafel bilan uchrashuv o'tkazdi.

ESPN malumotlariga ko'ra, "Al Hilol" portugaliyalik futbolchini keyingi ikki hafta ichida sotib olishni niyat qilmoqda, chunki u klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynashini xohlashmoqda.

Saudiya jamoasi Fernandesh taklifni qabul qiladi deb o'ylashmoqda, chunki MYU kelasi mavsum evrokuboklarda ishtirok etmaydi va futbolchilarning maoshlari sezilarli darajada kamaygan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar