O'yin haqida
- Yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlarda natija bosimi yo'q va xotirjam harakat qilishdi. Tarkibda ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik, kelgusidagi o'yinlarimiz uchun turli uslublarni sinovdan o'tkazib oldik. FIFA kunlarida shu kabi o'rtoqlik o'yinlari jamoa uchun foydali bo'ladi.
- Bugungi o'yinda ko'plab yosh futbolchilar maydonga tushirildi. Ular ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz qanday?
- Ularning harakatlari yomon emas. Tajriba kerakligi ko'rinib turibdi. Mashg'ulotlarda yosh futbolchilar bilan ishlayapmiz. Shu kabi o'yinlarda vaqt berib, chiniqtirib boramiz. Ular o'zlarini ko'rsatishlari kerak, shunaqa imkoniyatlardan foydalanib, asosiy tarkibga munosib ekanliklarini isbotlashlari lozim bo'ladi.
- Bilolxon Toshmirzaev bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab nima?
- Toshmirzaev chempionat kubok o'yinlarida maydonga tushdi. Bugun unga bir oz dam olish imkoniyatini berdik. Bilolxon bilan hammasi joyida va keyingi o'rtoqlik bahsida maydonga tushiramiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi