Bu haqda Fabricio Romano malumot bermoqda.
Saudiya Arabistoni klubi vakillari "Milan" futbolchisi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmoqda. 27 yoshli futbolchi klubning asosiy transfer maqsadiga aylangan.
Ayni paytga kelib, klublar o'rtasida kelishuv yo'q. Undan tashqari futbolchining o'zi ham hali bir qarorga kelmagan.
Oldinroq berilgan malumotlarda "Milan" 2026 yil yozida shartnomasi yakunlanadigan futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Qayd etilishicha, tomonlar moliyaviy shartlarni kelisha olishmagan.