ECHL finali. PSJ - "Inter" 2:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 01.06.2025 00:24
  • 294
  • 30

Evropa Chempionlar Ligasi hal qiluvchi o'yini matnli translyaciyasini kutib oling.

ECHL finali. 

PSJ – "Inter" 2:0 LIVE

00:00 | "Alyanc Arena"

Gollar: Hakimi (12, 1:0), Due (20, 2:0).

PSJ: Donnarumma, Mendesh, Xakimi, Pacho, Markinos, Ruis, Vitinya, Nevesh, Kvaracxeliya, Dembele, Due.

Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Ernandes, Kimpembe, Beraldo, Li Kan In, Mayulu, Zair-Emeri, Barkolya, Ramush, Mbaye.

"Inter": Zommer, Bastoni, Acherbi, Pavar, Dimarko, Dumfris, Mxitaryan, Chalxanoglu, Barella, Martines, Tyuram.

Zaxiradagilar: Di Jennaro, Martines, Bissek, Darmian, Karlos Augusto, de Vrey, Aslani, Frattezi, Zalevski, Zelinski, Arnautovich, Taremi.

Match-senterda ochish

YANGILASH

20. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Duening zarbasi Dimarkoga tegib, rikoshet hosil qilgan holda darvozaga kirib ketdi!

17. UXXXXXXX!! Kvaracxeliyaning zarbasi noaniq ketdi. Xvichadan chiroyli zarba ko'rgandik.

PSJ golga juda yaqin edi. Katta bo'lmasa-da, jamoa tashabbusni qo'lida ushlab turgan va mantiqan to'g'ri gol urib ketdi.

12. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! Hakimi hisobni ochdi va sobiq jamoasiga urilgan golni nishonlamadi.

11. Uchrashuvdagi ilk zarba. Nuqta zo'r edi, lekin ijro... Dembelening zarbasini Zommer ushlab oldi.

9. Parijliklar tashabbusni qo'liga olishga harakat qilmoqda. Vaziyatlar ko'rmagan bo'lsak-da, jamoa raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi.

7. PSJ raqib jarima maydonchasiga yaqin, biroq unchalik qulay bo'lmagan nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Raqibini ochiqchasiga turtib yuborgan Bastoni "men nima qildim?" deydi)

3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar ko'p ham oldinga oshiqmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Asosiy sovrin maydonga olib chiqildi. Uni ikkala jamoa afsonalari Xaver Pastore hamda Xaver Zanetti o'z joyiga qo'ydi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Final startiga oz vaqt qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar