Sarri Rimga qaytishga yaqin

  • Mr.NoBoDy 01.06.2025 00:56
  • 132
  • 30

Mauricio Sarri "Lacio" boshqaruviga qaytishga juda yaqin turibdi.

Taniqli jurnalist Alfredo Pedulla o'z saytida yozishicha, yozning birinchi kunida muhim uchrashuv bo'lib o'tadi, unda tomonlar barcha tafsilotlarni muhokama qiladi.

Sarriga 2 yillik shartnoma va 2,5 million evro maosh taklif qilingan. Shartnomada Evropa Ligasiga chiqish uchun 500 ming evro va Chempionlar Ligasiga chiqish uchun 1 million evro bonus ko'zda tutilgan.

"Lacio" Italiyada yakunlangan mavsumni ettinchi o'rinda yakunladi. "Burgutlar" o'z maydonida "Lechche"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, evrokubok yo'llanmasini qo'ldan chiqardi. Mauricio Sarri "Lacio"ni 2024 yilning mart oyida tark etgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar