ECHL finali.
PSJ – "Inter" 5:0
00:00 | "Alyanc Arena"
Gollar: Hakimi (12, 1:0), Due (20, 2:0), Due (63, 3:0), Kvaracxeliya (73, 4:0), Mayulu (86, 5:0).
PSJ: Donnarumma, Mendesh (Ernandes, 78), Xakimi, Pacho, Markinos, Ruis (Mayulu, 85), Vitinya, Nevesh (Zair-Emeri, 85), Kvaracxeliya (Ramush, 85), Dembele, Due (Barkolya, 67).
Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Kimpembe, Beraldo, Li Kan In, Mbaye.
"Inter": Zommer, Bastoni, Acherbi, Pavar (Bissek, 54: Darmian, 62), Dimarko (Zalevski, 54), Dumfris, Mxitaryan (Karlos Augusto, 62), Chalxanoglu, Barella, Martines, Tyuram.
Zaxiradagilar: Di Jennaro, Martines, de Vrey, Aslani, Frattezi, Zelinski, Arnautovich, Taremi.
Ogohlantirish: Zalevski (54), Due (65), Tyuram (69), Acherbi (71), Hakimi (90).
YANGILASH
90. Hakimi ogohlantirildi va shu payt o'yin yakunlandi.
86. Mayulu! Gol! 5:0! Mayli, chalg'imaymiz... Bu final emas, bu umuman final emas. Bu oddiy bir futbol o'yini. Ha, bunda PSJning aybi yo'q, albatta. Finalda o'ynashni ham bilish kerak. "Inter" esa bu yil finallarga umuman tayyor emasligini ko'rsatdi.
"Barsa" muxlislari uchun hushxabar: endi so'nggi marta finalda kim 4:0 hisobida yutqazgan desa, "Barsa" deyishmaydi) So'nggi marta 4:0 hisobi 1993/94 yilgi mavsumda "Milan" - "Barselona" o'yinida qayd etilgan ekan.
85. PSJ tarkibida bir yo'la 3 o'zgarish. Enrike bular ham finalda o'ynavorsin dedi-yov)
84. PSJ muxlislari "Ole" o'yinini boshlab yuborishdi.
81. Bo'ldi, PSJ to'xta, raqibing "o'ldi". Shart emas boshqa gol... Barkolya 100 foizlik imkoniyatdan gol ura olmadi.
81. Barellaning kuchli zarbasini Donnarumma ushlab oldi. Bu zarbani men ham ushlavolardim, masalan-da)
79. KVARADONA! Dyumfrisni uzoq vaqt taqib qilib keldi va o'z jarima maydonchasiga oz masofa qolganida to'pni olib qo'ydi.
75. DONNARUMMAAAA!!! Tyuramning kuchli zarbasini u juda chiroyli seyvi bilan qaytardi.
73. GOL! Ijozatingiz bilan golga katta emociya bildirmaymiz. 4:0. Xvicha "Inter"ni yanchib tashladi. U golga loyiq edi.
70. Barkolya! U kuchli zarba bilan darvozaga to'pni mixlab qo'ymoqchi bo'ldi. Zarba noaniq ketdi.
67. O'yin qahramoni zaxiraga olindi: Due o'rniga Barkolya.
Bu o'yin finalga o'xshamayapti. Bir tomonning juda katta ustunligi ilk daqiqalardanoq sezildi va bu o'z so'zini aytmoqda. Juda zerikarli final.
63. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! DUE!!! Dubl va masala hal.
63. Dard ustiga chipqon shu bo'lsa kerak. Hozirgina maydonga tushgan Bissek jarohat olib maydonni tark etdi...
61. UXXXXXX!! PSJ yana tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Hakimining pas aralash zarbasi himoyachiga tegib ketmaganida to'p darvozaga kirardi.
60. Bissek jarohat oldi va tibbiy yordam olish uchun maydonni tark etdi. U almashtirilmasa kerak.
Menimcha ECHL finallari tarixidagi eng zerikarli 1 soatni o'tkazdik.
56. Zalevski sariq kartochka oldi. U to'pga zarba berganidan keyin raqibiga zarba berdi.
54. UXXXXX!! Jarimadan to'p PSJ darvozasi yoniga uzatildi. Donnarumma to'pga chiqishda qo'pol xatolikka yo'l qo'ydi. Tajribali Markinos xatoni to'g'riladi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
52. ZARBAAAAAAA!!! Dembelening bu safargi aylantirma zarbasi noaniq ketdi. Juda xavfli zarba bo'ldi.
50. ZARBAAAAAAA!! Xvicha bugun Nunes rolida. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
50. Burchak uzatmasidan keyin to'p avvaliga Markinosning, keyin Lautaroning qo'liga tegdi. Bosh hakam hujumda fol deb hisobladi.
49. "Inter" yo'q joydan burchak zarbasiga ega bo'ldi.
46. UXXXXXX! Xvichaning raqib jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45+2. UXXXXXXXXX!! 3:0ga sal qoldi. Xvichaning zarbasidan keyin rikoshet hosil qilgan to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.
45+1. Duening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Zommer vaziyatni nazorat qilayotgandi.
Zerikarliroq o'tgan birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
42. PSJ taymni yakunlash uchun o'ynamoqda, bu ko'rinib turibdi. Jamoa "o'yinni o'ldirishga" harakat qilyapti.
40. "Inter" o'ziga kelishni boshlamoqda. Jamoa uzoq vaqt bosim uyushtirdi va darvoza yoniga to'p uzatildi. Lekin zarba beradigan Tyuram o'sha joylarda topilmadi.
37. ZARBAAAAAAAA!!! Tyuramning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi-e... O'yin yonishi uchun "Inter"ga birgina gol kerak.
34. Dembele o'z qanotida o'z uslubida hujumga o'tdi va himoyachi qurshovida darvoza sari zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
32. PSJ burchak zarbasiga ega bo'ldi. Dembelening uzatmasini hech kim darvoza sari yo'llay bilmadi. Buning iloji ham yo'q edi aslida.
30. "Inter"ning hujumlari o'xshamayapti. PSJ juda zo'r, tartibli himoyalanmoqda. Tribunadagi kimdir esa hushtak chalaverib quloq-miyani edi)
28. "Inter" o'ng qanotini ishlatdi va hujumga o'tdi. Havodan uzatilgan to'pni chalqancha zarbasi orqali Lautaro darvozaga kiritmoqchi bo'ldi, keyin bu fikridan qaytdi.
26. PSJ hali ham bosim uyushtirmoqda. Birinchi bo'limning o'zida uchinchisini urib, 2-taymni "o'ldirmoqchi" shekilli.
23. "Inter" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzatilgan to'pga Acherbi boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.
20. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Duening zarbasi Dimarkoga tegib, rikoshet hosil qilgan holda darvozaga kirib ketdi!
17. UXXXXXXX!! Kvaracxeliyaning zarbasi noaniq ketdi. Xvichadan chiroyli zarba ko'rgandik.
PSJ golga juda yaqin edi. Katta bo'lmasa-da, jamoa tashabbusni qo'lida ushlab turgan va mantiqan to'g'ri gol urib ketdi.
12. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! Hakimi hisobni ochdi va sobiq jamoasiga urilgan golni nishonlamadi.
11. Uchrashuvdagi ilk zarba. Nuqta zo'r edi, lekin ijro... Dembelening zarbasini Zommer ushlab oldi.
9. Parijliklar tashabbusni qo'liga olishga harakat qilmoqda. Vaziyatlar ko'rmagan bo'lsak-da, jamoa raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi.
7. PSJ raqib jarima maydonchasiga yaqin, biroq unchalik qulay bo'lmagan nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Raqibini ochiqchasiga turtib yuborgan Bastoni "men nima qildim?" deydi)
3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar ko'p ham oldinga oshiqmadi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
- Asosiy sovrin maydonga olib chiqildi. Uni ikkala jamoa afsonalari Xaver Pastore hamda Xaver Zanetti o'z joyiga qo'ydi.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Final startiga oz vaqt qolmoqda.