“Real Madrid“ yana bir transfer bo'yicha ishni yakunladi

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 08:32
  • 120
  • 30

O'tgan mavsumdagi himoyadagi omadsizliklardan so'ng “Real Madrid“ yana bir himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

“Qirollik klubi“ “Benfika“ himoyachisi Alvaro Karreras bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer madridliklarga 45 million evroga tushadi. Shu bilan birga, Portugaliya klubi futbolchining malum yutuqlariga erishgan taqdirda ispan klubidan yana 5 million evro olishi mumkin.

“Qaymoqranglilar” 22 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaganini yaqin soatlarda elon qiladi. Karreras “Real Madrid“ tarkibida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

O'tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 50 ta o'yinda qatnashib, to'rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar