KO‘JCH. «Yuventus» - «Manchester Siti» - 2:5 (videosharh)

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 05:22
  • 33
  • 30

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati «G» guruhi 3-tur uchrashuvlari bilan yakunlandi. Turning markaziy bahsida «Manchester Siti» Turinning «Yuventus» jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi va guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Orlandoda joylashgan «Kemping Uorld» stadionida o‘tgan bellashuvda Jeremi Doku hisobni ochgan bo‘lsa, turinliklar tez orada Kopmeynersning goli bilan javob qaytardi. Ammo keyinchalik Pyer Kalyulyuning avtogoli, Xoland, Foden va Savioning aniq zarbalari angliyaliklar g‘alabasini ta’minladi. Dushan Vlaxovichning oxirgi daqiqalardagi goli "keksa sinyora"ga faqat biroz tasalli bo‘ldi. Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati – 2025, G guruhi, 3-tur
«Yuventus» – «Manchester Siti» - 2:5
Gollar:
0:1 — Jeremi Doku, 9-daqiqa («Manchester Siti»)
1:1 — Tyon Kopmeyners, 11-daqiqa («Yuventus»)
1:2 — Pyer Kalyulyu, 26-daqiqa (avtogol, «Yuventus»)
1:3 — Erling Xoland, 52-daqiqa («Manchester Siti»)
1:4 — Fil Foden, 69-daqiqa («Manchester Siti»)
1:5 — Savio, 75-daqiqa («Manchester Siti»)
2:5 — Dushan Vlaxovich, 84-daqiqa («Yuventus»)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar