Bir o'yin tarixi. BAA - O'zbekiston 0:1. Samolyotni to'xtatgan Shackix va Mirzahakim To'xtamirzaev hikoyasi

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 18:40
  • 66
  • 30

BAA terma jamoasi bilan uchrashuvlarni eslar ekanmiz bevosita tarixga yuzlanishimizga to'g'ri keldi.

Mahmud Rahimov bilan saralash sari

Aslida amirliklar bilan raqobatimiz 1996 yilda boshlangan, JCH-1998 saralashida esa jiddiy raqib vazifasini o'tagandi. O'shanda Franciyadagi mundial yo'llanmasidan quruq qolgan va Tailanddagi Osiyo o'yinlaridagi Erondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng vakillarimiz uchun keyingi bekat Livan-2000 Osiyo Kubogi saralash bosqichi edi. Bu paytga kelib Mirsodiqov, Vega Da Silva birin ketin bir-biriga o'rnini bo'shatib berayotgandi. Terma jamoani saralashga tayyorlash cheki o'sha vaqtda o'zining obro'siga va nomiga ega bo'lib ulgurgan Mahmud Rahimov zimmasiga yuklatilgan. Saralash qurasiga ko'ra biz Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka va mezbon mamlakat BAA bilan bir guruhdan o'rin oldik. Tabiiyki, dastlabki 3 ta uchrashuvda darajamiz, futbolchilarimizning mahorati ustunligida g'alabani o'zimizniki qildik. Oxirgi o'yin esa final maqomida o'tar, g'alaba qozongan jamoa birinchi o'rin bilan Livandagi Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritardi. Ayni shu noaniq va hassos davrda terma jamoamizning masuliyatli vazifasi Mahmud Rahimov bo'ynida turardi. Rahimov futbol muhitida talabchan, intizomli va ruhiy tayyorgarlikka katta etibor qaratadigan mutaxassis sifatida tanilgandi. Uni terma jamoaga olib kelishda asosiy maqsad — yangi avlodni shakllantirish, bir vaqtning o'zida natija talab etish edi.


Samolyotni to'xtatib turgan Shackix (Mirzahakim To'xtamirzaev hikoyasi)

1999 yil Osiyo kubogi saralash doirasida BAAda bo'lib turibmiz. Maksim Shackix "Dinamo" tarkibida byuir o'yinda ishtirok etish uchun Ukrainaga jo'nashi kerak edi. Maksim mehmonxonadan aeroportga ketgan, menga Bahodir domla qo'ng'iroq qildi. U vaqtlari telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar yo'q edi. Domla menga shunday dedi: "Mishani xonasini oching (Misha — xorazmlik administator), javonda Maksning pasporti qolib ketibdi". Maksimning kuzatayotganlar olib chiqqan deb o'lagan, kuzatuvchilar bu pasportini olgan deb o'ylagan. Regestraciya qiladigan kishi Maksimning pasportini so'rasa, hech kimda yo'q. Shundan so'ng o'sha joydan qo'ng'iroq qilishdi. Vaholanki, samolyot uchishiga bir soatcha vaqt qolgan. Ular Dubayni sayr etib, so'ngra aeroportga etib kelishgan. Delegaciyamizda tarjimon yo'q edi. Men tarjimonlik qilganman. Xullsa, aytilgan joyga qarasam, chindan Shackixning pasporti qolib ketibdi. Bahodir aka "Bekatga chiqing-da, taksi bilan tortishmasdan, qancha desa kelavering. Biz buyoqda samolyotni to'xtatib turibmiz. Iloji boricha, juda tez kelish kerak. Kiyimingizniyam almashtirmang, iltimos", dedi. Taksistlarning bittasi "yo'q" deydi, ikkinchi, uchinchisiyam "yo'q" deydi, oxiri bitta eronlik "xo'p" dedi. U Al-Ayn ichida yuradigan taksi edi. Dispetcherga telefon qilib, bazi vajlarni aytib, uch soatga javob oldi. Men sabablarini eshitib, undan ko'ra boshqa mashinada ketganim yaxshi desam, "Tashvishlanmang, muammo yo'q" dedi. Shundan so'ng, u boshqa mashina ijaraga oldi. Keyin yo'lga tushdik. "Tezroq hayda" desam ham, belgilangan tezlikdan oshirmaydi. Iltimos qilsam ham, 140 dan oshirmaydi. "Mashinang hech narsaga yaramas ekan" dedim. "Nega?" deb so'radi. "Qara, seni hamma quvib o'tyapti", dedim. "Shundoq yurish kerakmi?" dedi-da, tezlikni 180 ga oshirdi. "G'iz" etib etib bordik. Mashina to'xtash hududining uch tomonida uch kishi — Bahodir aka, Mahmud aka, Maksim uch tarafdan kutib turibdi. Maksimga pasportini berdim, u ketdi. Unga oq yo'l tiladim. Keyin bilsam, ular 120 km masofaga bir soatda etib kelishimni chamalagan va samolyotni to'xtatib turishgan. Xullas, nimalarnidir tushuntirib, samolyotni bir soatdan ortiqroq olib turgan. Meni taksi to'xtatishim, taksinichining ijaraga avtomobil olishi, xullas, ikki soat vaqt ketgan. Dubaydagi samolyotda kondecioner yo'q, odamlar terlab-pishib o'tiribdi. Birinchi qatorda bosh vazir o'rinbosari hamrohligidagi Ukraina delegaciyasi o'tiribdi ekan. Ular uchmayotganining sababini so'ragan. Samolyotdagilar esa yuklarni yuklab bo'lishmaganini vaj qilishgan. Keyinroq yana haqoratliroq so'z aytgan, "Ana, yuklar qolmagan-ku", deb jig'ibiyron bo'laverganidan so'ng, xodimlar "Futbolchini kutyapmiz", deb aytishgan. "Futbolchi?! Maradonanimi?!" desa, "Yo'q, o'zbek futbolchisini" deb javob berishgan. Maks ketdi, "Real"ga qarshi bir taym o'ynadi, o'shanda durang natija qayd etilgan. O'sha turnirda "Bangladesh" va "Shri-Lanka"ni 6:0 hisobida engganmiz, uchinchi o'yinda Shackix va Qosimovsiz "Hindiston"ni 3:2 hisobida engganmiz. O'sha o'yinlarni muxlislar mening jajji "Panasonic" kameram orqali tomosha qilishgan. Shtativ bilan raqib darvozasi ortidan tasvirga olganman. Oxirgi o'yin (BAA 1:0 hisobida mag'lub etilgan) ikki xil sharhda ketgan. Jonli efirda boshqa sharh, ertasi kungi takroriy efirda o'zim sharhlaganman. Arab shayxi o'yin kuni barcha chiroqlarni yoqishni buyurgan, sababi ular O'zbekistonni mag'lub etib, Osiyo kubogiga yo'l olishiga ishonishgan. Biz g'alaba qozonib, avtobusda qaytganmiz. O'n kun ichida arab tashkilotchilari barcha sharoitlarni muhayyo qilishgan, cho'ldagi mineral buloqdan tortib hayvonot bog'igicha olib borishgan. Biroq yutqazib qo'ygach, hech kim kuzatgani chiqmagan.

BAA bilan o'yin 21 000 muxlis qarshisida kechgan, yakunda Maksim Shackixning 71-daqiqada Mirjalol Qosimovning pasidan so'ng urgan goli g'alaba keltirgandi. . Mamlakatimizning bosh jamoasi Rahimov qo'l ostida jami 7 ta o'yin o'tkazgan. Oltita uchrashuvda g'alaba va bir o'yinda mag'lubiyat qayd etilgan. Yagona mag'lubiyat Tailand (0:1) terma jamoasidan qabul qilingan. Mahmud Rahimov muvaffaqiyatli kechgan BAAdagi o'yinlardan bir oycha o'tib, avtohalokatga uchraydi. Osiyo Futbol konfederaciyasi vafotidan so'ng Mahmud Rahimovni 1999 yilning "Eng yaxshi murabbiyi" deb elon qiladi. Bu bizning murabbiylar orasida OFK etirofiga sazovor bo'lgan ilk mutaxassis bo'lgan. 

Osiyo Kubogi-2000 saralashi

26.11.1999. "Tahnun Bin Muhammad Stadion", 21 000 tomoshabin

BAA - O'zbekiston 0:1

Hakam: Selearajen Subramaniam

Gol: Maksim Shackix (Mirjalol Qosimov) 71

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Fevzi Davletov, Davron Fayziev, Andrey Fyodorov, Aleksandr Xvostunov, Shuhrat Rahmonqulov, Otabek Pirmatov, Mirjalol Qosimov, Nikolay Shirshov, Sergey Lushchan, Maksim Shackix

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar