"Manchester Yunayted" vingeri Turin klubining transfer maqsadlaridan biriga aylandi, deb xabar beradi UOL. Yil boshidan beri futbolchi "byankoneri" rahbariyati tomonidan yuqori baholanmoqda, endi ular yozgi transfer oynasida uni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Braziliyalik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Betis"da ijara asosida o'tkazdi. Uning ispan klubiga qaytishi ehtimoldan yiroq ko'rinadi – shu sababli o'yinchi keyingi mavsum uchun yangi klub qidirmoqda.