"Faoliyatimizdagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik. O'yindan oldingi bosim ham juda katta edi. G'alaba qozonish yoki durang qayd etishdan qati nazar, bizga faqatgina g'alaba kerak edi. Bizga bor-yo'g'i bir ochko kerak edi. Biz barchasini to'g'ri qildik va mundialga yo'l oldik. Vatanimizni xursand qildik.
Avvalgi saralashlarda hozirgi futbolchilardan ham kuchliroq futbolchilar bo'lgan, mening nazarimda. Biroq jamoaviy o'yin bo'lmagan, hozir esa biz jamoa sifatida kuchlimiz. Biz bir oila bo'lib olganmiz va shu sababli ham g'alaba qozonyapmiz", - dedi Jaloliddin Masharipov JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng.