Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 75 million evro to'lashga tayyor.
Lopes Kataloniya klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 46 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 million evroni tashkil qiladi.