Manbaga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi 2016 yildan 2019 yilgacha professional faoliyatini boshlagan "Benfika"ga qaytishni istamoqda. Feliks 2024/25 yilgi mavsumda "Milan"da ijarada edi.
"Chelsi" Feliksni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmayapti, shuning uchun lissabonliklar bilan kelishuv hech qanday to'siqlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Feliks 2024/25 yilgi mavsum "Chelsi" va "Milan" safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholagan.