Saudiya Arabistoni Podshohligining SPA, Qatar davlatining QNA, O‘mon Sultonligining ONA axborot agentliklari, Kuvaytning “Yangiliklar” gazetasi va "Ko‘rfaz", "Yaqin Sharq" kabi ko‘plab nashrlar “O‘zbekiston terma jamoasi qanday qilib Osiyo gigantiga aylandi?”, “Kapadze Jahon chempionati saralashidagi muvaffaqiyatini O‘zbekiston xalqiga bag‘ishladi”, “O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi” sarlavhali materiallar e’lon qildi.
Ushbu maqolalarda xalqimiz 30 yildan ko‘p kutgan, mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun e’tirof etilgan. Aniqrog‘i, futbol bo‘yicha Jahon chempionati Osiyo qit’asi 3-saralash bosqichi 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishib, ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ta’kidlangan
Mualliflar jahon chempionatiga chiqish ulkan muvaffaqiyat sifatida nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar va federasiyaning ham yutug‘i ekaniga urg‘u bergan.