Darvozabon klubdagi mavqeini omma oldida muhokama qilishni istamadi. Germaniyalik kiyim almashtirish xonasidagi vaziyat haqidagi malumotlar matbuotga chiqib ketganidan hayratda va "Barselona" shu yo'l bilan uni ketishga majburlamoqchi, shu bilan birga uning professional obro'siga putur etkazmoqchi, deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" kelasi mavsumda avvalroq transferga rozilik bildirgani aytilgan Joan Garsiyaga ishonch bildirmoqchi va Voycex Shensnini zaxira darvozaboniga aylantirmoqchi. Shunga qaramay, ter Shtegen yozda klubni tark etmoqchi emas va asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.