"Hissiyotlar juda o'zgacha bo'ldi. Biz ilk marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Buni ko'pchilik yillar davomida orzu qilib kutgan edi. O'yin kuni nimalarni his qilganimizni so'zlar orqali tasvirlab bera olmayman. Ichimizdan nimalar o'tganini o'zimiz bilamiz. Eng muhimi, biz buni uddaladik. Endi yanada yuqori maqsadlar qo'yib, mundialda yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.
Biz JCHga tayyorgarlik ko'rishni to'rt yil avval boshlagan edik. Har bir yashab o'tilgan kun bizni o'z maqsadimiz yaqinlashtirib borishini bilardik. Menimcha, biz to'g'ri yo'lda edik va o'zingiz ko'rdingiz-ki, yakunda natijaga erishdik" - deya so'zlab berdi Abdulla Abdullaev mundial yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilgani haqida.