Odil Hamrobekov: "Nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman"

  • Mr.NoBoDy 08.06.2025 20:32
  • 54
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi azosi Odil Hamrobekov MTJning bugungi mashg'ulotlarida jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Ushbu bosqichning oxirgi o'yinini o'z muxlislarimiz oldida chiroyli g'alaba bilan yakunlashni maqsad qilganmiz. Kecha tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdik. Bugun va ertaga maydonda tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarga yanada bayramona kayfiyat ulashishga harakat qilamiz.

Hissiyotlar  o'zgacha bo'lishi aniq. Shaxsan men, nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman. Qatarga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z muxlislarimiz ko'z ongida barchasini nishonlaymiz va his qilamiz" - deya fikr bildirdi Odil Hamrobekov bugungi mashg'ulotlarda.




Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar