Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Roberto Martines boshchiligidagi jamoa Millatlar Ligasi finalida Ispaniya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasida 4:3).
Portugaliyaliklar ikkinchi marta turnir g‘olibi bo‘lishdi, 2019 yilda ular finalda Niderlandiya terma jamoasini mag‘lub etishgandi (1:0).
2016 yilda Portugaliya final o‘yinida Fransiyani mag‘lub etib (1:0) Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgandi.