Shu hafta boshida “Chelsi“ Menyanga qiziqish bildirgani va uning uchun 10 million evro (8,4 million funt) to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.
“Milan“ Menyanni bundan 3 baravar qimmatga baholadi, ammo “Chelsi“ shartnomasi 12 oydan keyin tugaydigan futbolchiga juda qimmat narx deb hisoblamoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Chelsi“ endi 15 million evro (12,7 million funt) miqdoridagi yaxshilangan va yakuniy taklif bilan chiqdi. Angliya jamoasi darvozabonni klublar o'rtasidagi JCHga olib ketmoqchi va shu sababli “Milan“ tezroq javob berishini istamoqda.