Almoez Ali: "O'zbekistonga qarshi o'yindan boshlab bizdan talab qilingan barcha vazifalarni bajaramiz"

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 12:48
  • 57
  • 30

Qatar terma jamoasi hujumchisi Almoez Ali jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yinga tayyorgarlik boshlangan. Jamoamiz ushbu bosqichda qiyinchiliklarga duch keldi. O'z maydonimizda kuchli o'yin ko'rsatdik. Biroq Qatar stadionlaridan tashqarida biroz qiyinchiliklarga duch keldik va bizdan kutilgan natijalarning ko'piga erisha olmadik. Saralash bosqichida o'z maydoningizda g'alaba qozonish va safarda ijobiy natijalar ko'rsatish kerakligini yaxshi bilasiz. Muxlislarga shuni vada qilamizki, keyingi o'yinlarga shay holatda bo'lamiz. O'zbekistonga qarshi bellashuvdan boshlab bizdan talab qilingan barcha ishlarni bajaramiz va jahon chempionati saralashi keyingi bosqichiga tayyorgarlikni shu o'yindan boshlaymiz", dedi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. O'zbekiston mundial yo'llanmasini muddatidan ilgari hal qilgan bo'lsa, Qatar pley-off bosqichida kurash olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar