Dimitri Payet "Vasko da Gama"ni tark etdi.
Braziliya klubi 38 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganini ma’lum qildi.
Payet 2023 yildan buyon "Vasko da Gama"da o‘ynab kelayotgandi. Fransiyalik futbolchi klub safida 75ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol va 13ta golga assistentlik qilgan.