Saudiyaliklar PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruisni qo'lga kiritish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan. Futbolchining transferi “Al Nassr“ning yozdagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Jamoa yarim himoyachiga yiliga 25 million evro to'lashga tayyor.
Biroq PSJ ham ispaniyalik yarim himoyachi bilan xayrlashmoqchi emas. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchini keyingi rejalarida ko'rayotganini malum qilgan.