Avstraliya ketma-ket 6-marta jahon chempionatiga chiqdi

  • Mr.NoBoDy 11.06.2025 07:22
  • 75
  • 30

Avstraliya terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Toni Popovich shogirdlari OFK 3-saralash bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi (2:1) va jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani kafolatladi. Avstraliyaliklar 19 ochko jamg‘arib, saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, Yaponiyadan 4 ochkoga ortda qolishdi.

Avstraliya terma jamoasi qatorasiga 6-marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. 2022 yilda ular turnirning 1/8 finaliga qadar yetib borgan va u yerda Argentinaga yutqazgan (1:2).

2026 yilgi jahon chempionati kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar