Igor Sergeev: "Yig'lab yuborishimga bir baxya qoldi"

  • Mr.NoBoDy 11.06.2025 14:08
  • 150
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qatarga qarshi bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'zbekiston ilk marotaba mundialga yo'l olmoqda. Bosib o'tilgan yo'l haqida gapirib o'tsangiz. Ushbu saralash bosqichida terma jamoa uchun qanday o'tdi?

- Cikl ancha qiyin bo'ldi. Rejalarimiz ish bermagan vaziyatlar ham bo'ldi. Eng muhimi, Jahon chempionatiga chiqdik. Bugun, og'ir jarohatdan so'ng ilk marotaba maydonga qaytdim va gol urdim. Bundan juda xursandman. Ajoyib hissiyotlar.

- Futbolchilik faoliyatingizda to'rtinchi JCH saralash ciklida ishtirok etgansiz. Ilk saralash uchrashuvingiz 2013 yil Iordaniyaga qarshi bo'lgan. To'rtta turli xil cikllar haqida fikr bildirib o'tsangiz. Ushbu 12 yil vaqt ichida nimalar o'zgardi?

- Mening fikrimcha, futbol bilan jiddiy shug'ullana boshladik. Rahbariyat futbolga katta etibor qaratmoqda. Shu sababli, yosh "super" o'yinchilar etishib chiqmoqda. Husanov, Abbos va Eldor kabi futbolchilar plankani ancha yuqoriga ko'tarishdi. Futbolga haqiqatdan ham etibor berila boshlandi. Akademiyalar va infratuzilma yaxshilandi. Endi bularning barchasi o'z natijasini ko'rsatmoqda.

- Prezident bilan ko'rishib, mukofot oldingiz. Mamlakat yurtboshi sizga nimalar dedi?

- Prezidentimiz menga rahmat aytdi. Mendan faxrlanishini oila azolarimga aytishim kerakligini takidladi. Men uchun prezident bilan uchrashish katta sharaf ekanligini aytdim. Suhbatni so'zlar bilan tasvirlab bera olmayman. Ochig'ini aytsam, yig'lab yuborishimga bir baxya qoldi.




Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar