Braziliya jamoalari AQSHda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishmoqda.
Yaqinda “Botafogo” “PSJ”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, hayratda qoldirdi. Endi esa, juma oqshomida “Fluminense” “Chelsi” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Braziliya jamoalari klublar o‘rtasidagi 2025 yilgi jahon chempionatida allaqachon yettita o‘yin o‘tkazgan va bitta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Natijalar quyida keltirilgan.
«Palmeyras» - «Portu» 0:0;
«Botafogo» - «Sietl Saunders» 2:1;
«Flamengo» - «Esperans» 2:0;
«Fluminense» - «Borussiya» D 0:0;
«Palmeyras» - «Al-Axli» 2:0;
«PSJ» - «Botafogo» 0:1;
«Fluminense» - «Chelsi» 3:1.