Manba malumotlariga ko'ra, Batler klubning 43% akciyasini sotib olishga tayyor investorlar konsorciumiga qo'shilgan. Bitimning umumiy qiymati taxminan 200 million dollarni tashkil etishi mumkin. Loyihaga ilgari futbol jamoalariga sarmoya kiritgan Amerika investicion guruhi ham jalb etilgan.
Shunday qilib, Batler o'z faoliyatini Evropa futboli bilan bog'lagan navbatdagi Amerika sporti yulduzi bo'lishi mumkin.
"Kristal Pelas" o'tgan mavsum APL turnir jadvalida 12-o'rinni egalladi. Jimmi Batlerning o'zi esa joriy yilning fevral oyida "Mayami Xit"dan "Golden Steyt Uorriors"ga o'tgan edi.