"Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman! Men 4 yil mehnat qilgan yurt shunday ulkan yutuqlarga erishganidan behad xursandman. Sobiq o'yinchilarimning muvaffaqiyatlaridan quvonch his qilmoqdaman. Do'stlarimni, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, barcha xodimlar, Futbol associaciyasi va uning rahbariyatini bu buyuk g'alaba bilan samimiy muborakbod etaman!", – deyiladi gruziyalik murabbiyning xatida.
Avvalroq "Paxtakor" afsonasi Vasilis Xadzipanagis O'zbekistonni mundial yo'llanmasi bilan tabriklagan edi.