"Boka Xuniors" futbolchisi AQSHga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qo‘yilmadi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 11:22
  • 72
  • 30

Argentinaning "Boka Xuniors" klubi himoyachisi Ayrton Kosta 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Associated Press nashrining yozishicha, AQSH rasmiylari 23 yoshli futbolchiga viza berishni rad etgan. Bunga olti yil avvalgi jinoiy ish sabab bo‘lgan: 2018 yilda Kosta Buenos-Ayres provinsiyasidagi tug‘ilgan shahri Bernalda o‘g‘irlikka urinish bo‘yicha ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etgan.

2025-yilgi mavsumda u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushib, 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va himoyaning asosiy ijrochilaridan biri bo‘lib oldi. Turnir qaydnomasida uning o‘rnini 35 yoshli Markos Roxo egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, yangilangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14 iyun kuni AQSHda start oladi va ilk bor 32 jamoa ishtirokida kengaytirilgan formatda o‘tkaziladi. "Boka Xuniors" "C" guruhida "Bavariya," "Benfika" va Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar