Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish o‘yinini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 11:33
  • 186
  • 30

15 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Inter Mayami" va "Al-Ahli" (Misr) o‘yini bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasi start oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu bahsni eronlik (Avstraliya fuqarosi) hakam Alirizo Fag‘oniy boshqarib boradi.

Albatta Alirizo nafaqat qit’amizda, balkim, Jahon miqyosida ham ancha tajribali hakam hisoblanadi. U qit’amizda o‘tadigan turnirlardan tashqari, so‘nggi 2 ta Jahon chempionati, Olimpiada o‘yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarda ishladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullinlar ham ishtirok etishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar