"TalkSPORT" xabariga ko'ra, mersisaydliklar futbolchini 70-75 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
"Al Nassr" qishda bu summani taklif qilgandi, biroq keyinchalik urugvaylik va "Liverpul" barcha turnirlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgani uchun bu taklifdan voz kechdi. Mavsum yakunlangach, urugvaylik futbolchiga "Atletiko" tomonidan qiziqish borligi haqida malumotlar paydo bo'ldi.
25 yoshli hujumchi o'tgan mavsum "qizillar" safida barcha turnirlarda 47 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Nunes 2022 yilning yozida 85 million evro evaziga "Benfika"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.