Fati qoladimi? "Barselona" "Monako"ning taklifini rad etdi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 14:16
  • 54
  • 30

"Barselona" "Monako"ning Ansu Fati bo'yicha ilk taklifiga rad javobini berdi.

Kataloniya klubi rahbariyati futbolchiga bo'lgan huquqlarning malum foizini saqlab qolgan holda futbolchini sotmoqchi bo'lgan, biroq "Monako" uning maoshini to'liq qoplamay, faqat ijara shartnomasini taklif qilgan. Shartnoma uzaytirilgandan keyin Fatining maoshi yiliga 13 950 000 evroni tashkil qiladi.

"Barselona" Franciya klubi taklifini rad etdi, chunki u maosh to'lagan holda o'yinchilarni ijaraga berishni istamaydi.

"Barselona" boshqa futbolchi bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen amaldagi kelishuvga qaramay, 2028 yilning yoziga qadar jamoani tark etishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar