Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 47 yoshli Gattuzo yaqin kunlarda Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazadi. U terma jamoa delegaciyasiga boshchilik qilayotgan Janluiji Buffon bilan ham gaplashib bo'lgan. Uchrashuv ijobiy kechgan va Gattuzo terma jamoani boshqarishga tayyorligini bildirdi.
5 iyun kuni Gattuzo Xorvatiyaning "Xayduk" klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. U faoliyati mobaynida "Milan", "Napoli", "Valensiya", "Marsel" va boshqa bir qator klublarda ham murabbiylik qildi.
Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichini yomon boshladi: ikki turdan keyin jamoada bor-yo'g'i 3 ochko bor va guruhda uchinchi o'rinda bormoqda.