OFK Osiyo saralash bosqichi pley-offining mezbonlarini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 17:00
  • 114
  • 30

Osiyo futbol konfederaciyasi yaqinda bo'lib o'tadigan JCH yo'lidagi saralash bosqichi pley-off bosqichining mezbonlari sifatida Qatar futbol associaciyasi va Saudiya Arabistoni futbol federaciyasini tasdiqladi.

JCH 3-saralash bosqichida uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan oltita jamoa – Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari – 2025 yil 8 oktyabrdan 14 oktyabrgacha markazlashtirilgan formatda kurash olib borish uchun uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi. Guruh g'oliblari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Har bir guruhning ikkinchi o'rin egalari 2025 yilning 13 va 18 noyabr kunlari FIFA pley-offiga chiqish uchun ikki o'yinli bellashuvda ishtirok etadi. G'olib FIFA pley-off turniriga yo'l oladi.

Rasmiy qura tashlash marosimi 2025 yil 17 iyul kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoai 5 iyun kuni BAA bilan durang qayd etib, muddatidan oldin JCHga yo'l olgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar